Respublikamiz Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Aholini kutubxona axborot bilan ta'minlash to‘g‘risida” qarori e'lon qilinganidan beri an'anaviy kutubxonalarni zamon talablariiga javob beradigan yangi tipdagi axborot resurs markazlariga (ARM) aylantirish borasida bir qator ishlar bajarildi. ARMlar zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika vositalari (printer, nusxa ko‘chirish qurilmalari, skanerlar) bilan ta'minlandi. ARMlar o‘z kitobxonlariga Internet xizmatlarini ham ko‘rsata boshladilar. ARMlar elektron kutubxona yaratish maqsadida o‘z fondlaridagi hujjatlarni skanerlash orqali elektron shaklga o‘tkaza boshladilar.
Urganch davlat universiteti axborot resurs markazida avtomatlashtirilgan kutubxona axborot tizimini yaratish maqsadida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimi sotib olindi. Tizimni samrali joriy qilishning mug‘im omllaridan biri bu ARM xodimlari va talabalarni tizimdan foydalanishga o‘rgatishdir. Buni to‘g‘ri tushungan universitet rahbariyati 27-30 iyul kunlari Urganya ARM da to‘rt kunlik seminar trening o‘tkazishdi. Seminar trening o‘tkazishga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan malakali mutaxassis taklif qilindi. Seminar ishida Qoraqolpog‘iston Respublikasi Davlat universiteti ARM, Nukus pedagogika instituti ARM, Urganch tibbiyot ARM
va Urganch ARM xodimlaridan 30 kishi qatnashdi. Seminar trening maqsadi ARM xodimlarini IRBIS 64 tizimidan foydalanishga o‘rgatish, elektron katalog bazasini shakllantirish, elektron bibliografik kartochkalarga to‘liq matnlarni bog‘lash va tizim administratori bilan ishlashni o‘zlashtirish edi. To‘rt kunlik seminar davomida ishtirokchilar qo‘yilan maqsadga erishdilar. Seminar davomida Arisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron resurslari ham taqdim qilindi, jumladan, Abdulla Qahhar va Primqul Qodirov ijodiga bag‘ishlangan elektron katalog, Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ijodi va faoliyatiga oid bibliografik va to‘liq matnli ma'lumotlar bazalari namoyish qilindi. Bunday ma'lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar berildi. Seminar trengngni Milliy kutubxonaning “Ilmiy va marketing tadqiqotlari” bo‘limi mudiri Karimov U. o‘tkazdi.













