ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI

 

 


  
 



Bog'lanish
Tel: (998+71) 239 47 09,
239 11 38,
239 48 75,
Faks: (998+71) 233 09 08.
O`zbekiston, 100047,
Toshkent, Xorazm ko`ch., 51.
E-mail: navoi@natlib.uz

Ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Kutubxona bo'limlari

Bo‘lim haqida umumiy ma'lumot:

Bo‘lim 1975 yilda Ilmiy-tadqiqot bo‘limi nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2002 yilda kutubxonaga «milliy» maqomi berilganidan so‘ng Ilmiy va marketing tadqiqotlari deb yuritila boshlangan. Bugungi kunda bo‘lim asosan kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, mutolaa sotsiologiyasi va psixologiya, kitob va kutubxonalar tarixi sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bo‘lim xodimlari tomonidan 2006-2008 yillarda “Elektron kataloglashtirishning korporativ tizimi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsa, 2009-2011 yillarda «Axborot resurs markazlarini elektron ilmiy ta'limiy resurslar bilan ta'minlash» mavzusida ilmiy tadqitotlar olib borilmoqda. Avtoritet yozuvlar, elektron bibliografik resurslar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bo‘lim tomonidan har yili “Betgerxonlik” davra suhbati tashkil qilinadi va suhbat materiallari to‘plam shaklida nashr etiladi. Bo‘lim tomonidan “Kutubxonalarda axborot texnologiyalari” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy amaliy seminarlar tashkil qilinadi. Milliy kutubxona tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Mutolaa bayrami” kunlarida “Yangi axborot texnologiyalari kutubxonalarda” mavzuida ilmiy seminarlar tashkil qilinadi.

Xizmatlar:

Bepul xizmatlar: Kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish va elektron kataloglashtirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berish. Pullik xizmatlar: AKM, ARM va kutubxonalarda “Integrallashgan kutubxona axborot tizimlari”ni tatbiq qilish bo‘yicha maslahatlar berish, maxsus kurslar tashkil qilib kutubxona xodimlarini elektron kataloglashtirishga o‘rgatish.

Resurslar:

Bo‘lim xodimlari tomonidan yaratilgan elektron resurslar: · O‘zbekiston akademiklarining elektron katalogi (10 ta akademik ilmiy ishlarining EK) · O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 4350 dan ortiq bibliografik yozuvdan iborat elektron katalogi. 500 dan ortiq to‘liq matn ulangan ma'lumotlar bazasi · O‘zbekiston yozuvchilari Abdulla Qahhor va Pirimqul Qodirov ijodini qamrab oluvchi elektron katalog · O‘zbekistonlik yozuvchilar, tarixiy shaxslarning avtoritet fayli 1500 dan ortiq

Ish vaqti:

Dushanba - juma: 900 - 1800

Yetakchi xodimlar: Karimov Ulugbek Fozilovich, bo‘lim boshlig‘i. Tel.: +99871 2394542, email: ufk4@mail.ru Borisov Vladimir Anatolyevich, bosh kutubxonachi. Tel.: +99871 2394542, email: volodya_borisov@mail.ru Ibragimova Dilorom Adiljanovna, I-toifali kutubxonachi. Tel.: +99871 2394542, email: dilor_hon@mail.ru  

Manzil:

Xorazm ko‘chasi, 51 2-qavat, 54, 55 xonalar

Kutubxona bo'limlari



 

Mutaxassislar uchun


Bu oyning muhim kunlari

Sentabr
Нет данных

   Ҳурматли китобхонлар!

 Кутубхонанинг диссертациялар залида Россия Давлат кутубхонаси (РГБ) нинг диссертациялар электрон кутубхонасидан (130 мингдан ортиқ электрон диссертациялар) фойдаланиш имконияти мавжуд. ДЭКдан фойдаланиш учун Сизга администратордан: Логин ва Пароль олиш зарур бўлади (3-қават, 37-хона) 
 

 

   

  Мустақил Ўзбекистоннинг 2010 йилги муҳим ва унутилмас саналар тақвими

2010 йилнинг муҳим саналар

O’zbekiston Respublikasi yirik kutubxona va axborot-kutubxona markazlari  

 

 


   Norma.uz

©1999-2010 O`zbekiston milliy kutubxonasi.
Bizga yozing
Топ рейтинг www.uz
Developed by