1. Umumiy
qoidalar
1.1. Axborot-kutubxona markazi (AKM) demokratik insonparvarlik, hammaboplik,
umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik shaxsning erkin kamol topish
prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.
1.2. AKM xizmatidan foydalanish bepul, ayrim xizmat turlari pullik xizmat
ko‘rsatish usulida, belgilangan tartibda, tegishli qonuniy hujjatlar asosida
olib boriladi, unga xaq to‘lash miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
asosida belgilanadi.
2. AKMning asosiy vazifalari
2.1. Universal axborot-resurslarning, milliy va xorijiy bosma audiovizual
elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.
Foydalanuvchilarga boshqa AKM, ARM hamda kutubxonalarda, shu jumladan xorijiy
AKM, ARM hamda kutubxonalarda mavjud hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish
imkoniyatini yaratish.
Axborot mahsulotlari yaratish va ularni hududdagi ARM larning foydalanishi
uchun taqdim etish.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. Qaysi mamlakat fuqarosi bo‘lishidan, yoshidan, ijtimoiy kelib chikishidan,
qaysi tashkilot yoki muassasada ishlashdan qati nazar doimiy yoki vaqtincha AKM
xizmat ko‘rsatayotgan hududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaro AKMdan
foydalanish huquqiga ega; bu AKMda axborot resurslarini to‘la butlash,
shuningdek, kutubxonalararo abonement orqali avtomatlashtirilgan shakldagi
axborotni yetkazish, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning boshqa shakllari
bilan ta'minlanadi.
3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadir:
AKM fondidan vaqtincha foydalanish uchun har qanday hujjatni olish shuningdek,
boshqa AKM va ARMlar hamda kutubxonalar fondidan hujjatlarni elektron yo‘l
bilan uzatish tizimi orqali bosma va elektron hujjatlarga buyurtma berish va
olish;
AKMning bibliografik, ma'lumot-axborot va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;
AKM tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy axborot tadbirlarida qatnashish;
AKM jamoatchilik kengashiga saylash va saylanish.
3.3. AKMga a'zo bo‘lish uchun foydalanuvchilar pasport yoki uning o‘rnini
bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarni taqdim etadilar hamda
kitobxon bileti va ro‘yxatga olish kartochkasini rasmiylashtirish uchun
tegishli ma'lumotlarni taqdim etadi.
Boshqa shaharlik fuqarolar pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni taqdim
etish asosida vaqtinchalik kitobxon bileti oladilar.
Xorijiy fuqarolarga o‘z mamlakatining pasporti yoki belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat asosida vaqtinchalik
bilet beriladi.
3.4. Foydalanuvchilarga bir marta foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni
AKM tomonidan yakka tartibda hisobga olinadi.
Foydalanuvchilarga nodir hamda qimmatbaho nashrlar va hujjatlar, shuningdek,
e'lon qilinmagan materiallar belgilangan tartibda beriladi.
3.5. AKM fondlarida zarur hujjatlar (kitoblar, qo‘lyozmalar, davriy nashrlar va
elektron) mavjud bo‘lmagan taqdirda foydalanuvchilar ularning nusxalarini
kutubxonalararo abonement orqali boshqa AKM va kutubxonalardan olishlari
mumkin.
3.6. Foydalanuvchilar AKMdan olingan hujjatlar va boshqa materiallarni ehtiyot
qilishlari shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materiallar olishda ularni ko‘zdan kechirishi va
biror bir nuqson aniqlangan taqdirda bu haqda AKM xodimiga ma'lum qilishi
kerak.
3.7. AKM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy,
jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar.
3.8. AKM fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarni yo‘qotgan va ular
o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan darajada zarar yetkazgan fuqarolar, korxona,
muassasa va tashkilotlar AKM direktori tomonidan belgilangan hujjat va
materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish, almashtirish mumkin
bo‘lmagan holatda ular qiymatining 10 barobar miqdorida qoplashga majburdir. Bu
miqdor yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan hujjatning qiymatidan
kelib chiqib va amaldagi qonuniy hujjatlar asosida AKM
mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar
tomonidan belgilanadi.
3.9. AKMdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun foydalanuvchilar AKM
ma'muriyati tomonidan belgilangan muddatga AKM dan foydalanish huquqidan mahrum
etilishi mumkin.
4. Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha AKM majburiyatlari
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda tarixiy va
madaniy yodgorlik hisoblangan kitoblar va boshqa materiallarning saqlanishini
ta'minlash haqidagi qoidalarga muvofiq AKM fondlaridagi hujjatlar va
materiallarni hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish.
Axborot mahsulotlari yaratish:
• axborotni tahliliy-sintektik qayta ishlash;
• ma'lumotnoma-bibliografiya apparatini, shu jumladan katalogni yuritish;
• tavsiyaviy bibliografiya qo‘llanmalarini ishlab chiqish.
4.3. AKM quyidagilarga majburdir:
foydalanuvchilarga AKM va uning tashqarisidagi barcha axborot resurslaridan
foydalanish uchun imkoniyat yaratish;
foydalanuvchilarning so‘rovlarini o‘rganish va maksimal darajada qondirish;
kutubxonachilik, bibliografik, axborot-ma'lumotnoma xizmati ko‘rsatishni
takomillashtirish, shu maqsadda foydalanuvchilar bilan ishlashning yakka va
guruhli usullaridan foydalanish;
foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash,
zarur hujjatlar va materiallarni qidirish hamda olishda zarur yordam
ko‘rsatish;
foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish
asosida ularga turli xil shakldagi axborot tashuvchilarni takdim etish bilan
tabaqalashti rilgan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish;
zarur axborotni qidirish va undan foydalanish jarayonida mustaqillikni
shakllantirish va mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam
berish;
fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bo‘lmagan taqdirda qidirish
hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro kutubxonalararo
abonement tizimi orqali berish;
ommaviy tadbirlarni yuksak darajada o‘tkazish;
AKMning ijobiy imiji yaratilishiga ko‘maklashish, AKMning fondlarini va u
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning
ehtiyojlarini o‘rganish va ularning istaklariga muvofiq yangi xizmatlar tashkil
etish.
“Axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari” Respublika
axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo
kengash majlisining 2006 yil 6 noyabr bayonnomasi bilan tasdiqlangan













